Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan Ukrainaga yana 12 nafar bola qaytib keldi
Avvalroq Rossiyaga deportatsiya qilingan yana 12 nafar bola Ukrainaga qaytib keldi. 18 500 dan ortiq bola surgunda qolmoqda. Voyaga yetmaganlarning deportatsiyasi Haaga sudi tomonidan Vladimir Putinni hibsga olish uchun order berish uchun asos bo‘ldi.
Rossiyaga deportatsiya qilingan yana 12 nafar ukrainalik bola vataniga qaytdi. Bu haqda 3 fevral, dushanba kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.
«Qutqarilganlar orasida chidab bo‘lmas sinovlarni boshidan kechirgan bolalar ham bor: okkupatsion tibbiyotning beparvoligi tufayli onasidan ayrilgan 16 yoshli qiz, Rossiya armiyasiga chaqiruv qog‘ozi berilgan 17 yoshli o‘smir, «ta’lim lagerlarida» ruslashtirishga urinishga uchragan bolalar, shuningdek, Rossiya fuqaroligini olishdan bosh tortgani uchun otasidan tortib olinmoqchi bo‘lgan 8 yoshli qizaloq», — deb yozadi Yermak.
Xuddi shu ma’lumotlar dushanba kuni Ukrainaning Bring Kids Back UA onlayn-platformasi va Save Ukraine loyihasining kanallarida e’lon qilindi.
Ukrainalik bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiyasi
Bring Kids Back tashkilotiga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Ukrainadan jami 19 546 nafar bola noqonuniy olib ketilgan. Ulardan 1037 nafari o‘z vataniga muvaffaqiyatli qaytarildi.
Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarning Rossiyaga deportatsiyasi Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Vladimir Putin va Rossiya bolalar ombudsmvni Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berishi uchun asos bo‘ldi. Kreml ayblovlarni rad etib, bolalar xavfsiz hududlarga olib ketilganini aytadi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026