Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik olimlar xorijliklar bilan hamkorlik qilishdan oldin FXX ruxsatini olishi kerak bo‘ladi
RF Fan va oliy ta’lim vazirligi bu turdagi qonun loyihasini allaqachon ishlab chiqqan va hukumat komissiyasi uni tasdiqlagan.
Rossiya hukumati xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar faqat Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ruxsati bilan ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ilmiy faoliyat yo‘nalishlari ro‘yxatini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Vedomosti» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu turdagi qonun loyihasi Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan allaqachon ishlab chiqilgan va hukumat komissiyasi uni ma’qullagan.
Rossiya Yuristlar assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Vladimir Gruzdev yangi qoidalar milliy manfaatlarni ta’minlash uchun kerakligini ma’lum qilgan.
«FXXning ruxsatini olish ilmiy ijod erkinligini buzmasdan va tashkilotlar tomonidan ilmiy ishlarni olib borishga to‘sqinlik qilmagan holda, ilmiy faoliyat natijalari Rossiyadan tashqariga berib yuborilishi ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini beradi», — deydi u.
Hujjat qabul qilingudek bo‘lsa, yangi qoidalar budjet hisobidan davlat buyurtmalarini amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari uchun 2026 yil 1 martdan, qolgan sub’yektlar uchun esa 2028 yil 1 sentabrdan kuchga kiradi.
2024 yil 27 noyabrda Federatsiya kengashi Rossiyadagi olimlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishini qiqartirishni nazarda tutuvchi budjet loyihasini ma’qullagan edi.
Mavzuga oid
12:21 / 18.02.2026
Rossiyada operatorlar FXX talabi bilan aloqani o‘chirishi mumkin
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025