Farmonga köra milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan ötgan nodavlat tibbiyot taşkilotlariga 2027 yil 1 maydan qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida transplantatsiya amaliyoti bilan şuğullanişga ruxsat beriladi.
Bunda:
- nodavlat tibbiyot taşkilotlari tomonidan qonunçilik hujjatlarida belgilangan inson a’zolari va (yoki) töqimalarini transplantatsiya qiliş tartibiga rioya etilişi tibbiy faoliyat uçun litsenziya talab va şartlari etib belgilanadi;
- nodavlat tibbiyot taşkilotlarining inson a’zolari va (yoki) töqimalarini transplantatsiya qiliş bilan boğliq faoliyati “xavfni tahlil qiliş” tizimi orqali xavfi yuqori körsatkiçga ega faoliyat hisoblanadi;
- nodavlat tibbiyot taşkilotlari tomonidan transplantatsiya amaliyoti amalga oşirilgan bemorlar va donorlar töğrisidagi ma’lumotlar majburiy tartibda Soğliqni saqlaş vazirligiga muntazam taqdim etib boriladi.
2027 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida Samarqand viloyatida ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritilgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bino-inşootlarini quriş va ularda rekonstruksiya işlarini olib boriş böyiça quyidagi takliflar ma’qullandi:
- obektlarda tadbirkorlar öz mablağlari hisobidan Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalar asosida quriliş-montaj işlarini olib boradi;
- quriliş-montaj işlari yakunlangandan söng belgilangan tartibda obektlarda nazorat ölçovi ötkaziladi;
- obektlarni qabul qiliş işlari yakunlangaç tadbirkorlarga belgilangan mablağlar tölab beriladi.












