O‘zbekiston | 15:21 / 04.02.2025
5902
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshadi

Poytaxt bozorlarida savdoning bir talay turlari uchun patta narxi o‘rtacha 20-30 foizga qimmatlashadi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar hokimligi «Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaror loyihasini e’lon qildi.

Qarorda Toshkent bozorlarida savdoning bir talay turlariga patta narxini o‘rtacha 20-30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi patta narxlarining miqdori quyidagicha o‘zgarishi mumkin:

Bozorda mahsulotni savdo o‘rinlarida sotish, 1 o‘rin/1kun:

  • ho‘l mevalar (anor, olma, nok va boshqa) – 18 000 so‘m (hozir 15 000 so‘m);
  • sitrus va tropik mevalar – 39 000 so‘m (hozir 32 000 so‘m);
  • quruq mevalar (turshak, mayiz, pista, bodom) – 40 000 so‘m (hozir 33 000 so‘m);
  • sut mahsulotlari – 15 000 so‘m (hozir 18 000 so‘m);
  • poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – 34 000 so‘m (hozir 28 000 so‘m);
  • go‘sht mahsulotlari – 42 000 (hozir 35 000 so‘m).

O‘zgarishi kutilayotgan narxlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali kirib, tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid