Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi
“Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Xotam Mamadaliyev / O‘zA
2027 yil 1 iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida, quyidagilar yaratiladi:
- 2025 yil 1 martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli hamda uning mobil ilovasi;
- 2025 yil 1 sentabrgacha bolalarning rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida kompleks ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish, ularda nogironlikning oldini olish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvni ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Bolalar salomatligi” axborot tizimi.
Shuningdek, uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar Hukumatga kiritiladi:
- davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini 2030 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod qilish;
- ota-onaning kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalangani uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi

17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

09:15 / 07.04.2025
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

10:15 / 05.02.2025