USAID uzra qora bulutlar: nima gap o‘zi?
Amerikaning USAID degan tashkilot haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Uning kengaytmasi United States Agency for International Development – ya’ni Qo‘shma Shtatlar xalqaro rivojlanish dasturi. Jon Kennedi asos solgan bu tashkilot butun dunyodagi ehtiyojmand davlatlarga milliardlab dollar xayriya qiladi. Tashkilot yaqinda prezident Tramp uning ittifoqchisi Ilon Mask tomonidan biologik qurol ishlab chiqarish va hatto terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblandi.
Avvaliga USAID Ukrainaga barcha yordamlarni to‘xtatishi e’lon qilindi. Urush boshlanganidan buyon AQSh bu tashkilot orqali Kiyevga 34 milliard dollar xayriya qilgandi. O‘shanda ko‘pchilik AQSh Ukrainani muzokaraga undash uchun bu davlatga har qanday yordamni to‘xtatdi deb o‘yladi. Lekin gap Ukrainada emaskan, AQSh prezidenti Tramp butun dunyodagi davlatlarga iqtisodiy va harbiy yordamni to‘xtatib qo‘ydi. Istisno tariqasida faqat bir davlatga harbiy yordam to‘xtatilmadi, tabiiyki Isroilga.
Asta-sekin AQShning eng yirik xorijiy xayriya dasturi bo‘lmish USAID manziliga shu qadar jiddiy ayblovlar qo‘yildiki, ularni eshitib hayratdan yoqa ushlaysiz. Bu ayblovlar oddiy odamlar tomonidan aytilganda ham boshqa gap edi, kimsan AQSh prezidenti Tramp va uning bosh maslahatchisi Mask USAID bo‘yniga dunyodagi barcha gunohlarni ilib chiqishdi.
«Ular qancha odamni o‘ldirganini bilasizmi?»
Tramp saylovni yutganidan keyin uning asosiy maslahatchisiga aylangan dunyoning eng boy odami Ilon Mask USAIDʼni COVID-19 virusini yaratishni moliyalashtirishda aybladi.
«USAID siz to‘lagan dollarlar evaziga biologik qurol ishlab chiqarishni, xususan, millionlab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan COVID-19 virusini yaratishni moliyalashtirganini bilasizmi?» deb amerikaliklarga murojaat qildi Mask Tvitterdagi sahifasida.
Keyin Mask foydalanuvchilardan birining USAID Markaziy razvedka boshqarmasiga tegishli soxta tashkilot ekani haqida yozgan tvitini ulashdi. Bu foydalanuvchi USAID Xitoyning Uhan shahrida joylashgan Eco Health Alliance laboratoriyasiga koronavirus ustida tadqiqot olib borishi uchun 53 million dollar ajratganini yozgan.
Shuningdek, milliarder «USAID dunyodagi eng yirik terrorchilik tashkiloti» deb yozilgan tvitlarni ham retvit qilgan. «USAID jinoiy tashkilot, uning o‘lish vaqti keldi», deb yozdi Mask navbatdagi postida.
CNN o‘z manbalariga tayanib yozishicha, bu mojaro boshlanishidan avval Ilon Mask USAID mulozimlaridan tashkilot boshqaruv tizimiga kirish uchun vakolat so‘ragan. Buni rad etishgach USAIDʼning ikki yuqori martabali mulozimi muddatsiz ta’tilga chiqarib yuborilgan.
Donald Tramp ma’muriyati USAIDʼni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazishni maqsad qilgan. Bu xabarlar fonida tashkilot sayti ishlamay qoldi. USAIDʼning butun dunyo bo‘ylab xayriya dasturlari 90 kunga muzlatib qo‘yilgan.
Terrorizm homiyligi ayblovi
Oq uyning ayblovi yanada jiddiy. Unda aytilishicha, USAID Afg‘onistondagi irrigatsiya tarmoqlarini moliyalashtirgan. Xuddi o‘sha tarmoqlar esa opiy narkotik moddasi yetishtirish uchun ishlatilgan. Shuningdek, Oq uy USAIDʼni «Al Qoida» jangarilarining ovqatlanishi uchun pul to‘lashda ayblagan. Ayblovning bu bandida aytilishicha, USAID Suriyadagi «Al Qoida»ga aloqador guruhlarga yuz minglab porsiya ovqat yetkazib bergan.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi
Fan-texnika | 01:09
-
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi
Sport | 00:18
-
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi
Jahon | 23:45 / 13.04.2025
-
NYT: Mask departamenti AQSh budjeti xarajatlarini qisqartirishdagi o‘z muvaffaqiyatini oshirib ko‘rsatmoqda
Jahon | 23:25 / 13.04.2025
Mavzuga oid

23:25 / 13.04.2025
NYT: Mask departamenti AQSh budjeti xarajatlarini qisqartirishdagi o‘z muvaffaqiyatini oshirib ko‘rsatmoqda

18:10 / 11.04.2025
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan

18:28 / 10.04.2025
OpenAI Ilon Maskning «doimiy bosimlari» sabab sudga da’vo kiritdi

18:22 / 10.04.2025