Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi
Rubio yig‘ilish o‘tkaziladigan Janubiy Afrikani «xususiy mulkni ekspropriatsiya qilish»da aybladi.

Foto: Reuters
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Reuters.
G20 tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi 20-21 fevral kunlari Yohannesburg shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Rubioning qarori Trampning yakshanba kungi izohlaridan keyin qabul qilingani ta’kidlanmoqda. AQSh prezidenti dalil keltirmasdan, Janubiy Afrikani «yerlarni musodara qilish» va «ayrim toifadagi odamlarga yomon munosabatda bo‘lish»da ayblagan edi. O‘z navbatida Rubio Janubiy Afrikani «xususiy mulkni ekspropriatsiya qilish» va G20 guruhidan «birdamlik, tenglik va barqaror rivojlanish»ni targ‘ib qilishda foydalanganlikda aybladi.
O‘tgan oy JAR prezidenti Siril Ramafosa davlatga «jamoat manfaatlari uchun» yerni ekspropriatsiya qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. JAR Tashqi ishlar vazirligi ham Rubioning bayonotiga javob berib, ularning qonunchiligi AQSh ekspropriatsiya qonunlariga o‘xshashligini ta’kidladi.
Janubiy Afrikada yerga egalik qilish masalasi mustamlakachilik davri va aparteid merosi tufayli, qora tanlilar yer va mulk huquqlaridan mahrum bo‘lganligi sababli siyosiy jihatdan nozik bo‘lib qolmoqda. 2017 yilda o‘tkazilgan so‘nggi yer auditiga ko‘ra, oqtanli yer egalari hamon mamlakat qishloq xo‘jaligi yerlarining to‘rtdan uch qismiga, aholining 80 foizini tashkil etuvchi qoratanlilar esa bor-yo‘g‘i 4 foizga egalik qiladi.
G20 — eng rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlar hukumatlari klubi. 2024 yil 1 dekabr kuni Janubiy Afrika bu guruhga 12 oylik raislikni qabul qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025