Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Isroil G‘azoni AQSh ma’muriyatiga topshiradi
AQSh prezidenti rejasiga ko‘ra, Falastin aholisi mintaqadagi «xavfsizroq va go‘zalroq hududlarga» ko‘chiriladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida Isroil joriy harbiy mojaro yakunlanganidan so‘ng G‘azo sektorini AQSh nazoratiga topshirishini aytdi.
Tramp rejasiga ko‘ra, Falastin aholisi mintaqadagi «xavfsizroq va go‘zalroq hududlarga» ko‘chiriladi va u yerda ular yangi, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanadi. «Ular haqiqatda xavfsiz, baxtli va erkin bo‘lish imkoniyatini oladi», dedi Tramp.
Prezidentning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar «dunyoning eng yaxshi qurilish guruhlari» bilan hamkorlik qilib, hududni bosqichma-bosqich «yer yuzidagi eng katta va ta’sirchan rivojlanish loyihalaridan biriga» aylantirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Tramp ushbu rejani amalga oshirish uchun Amerika qo‘shinlarining hududga kirishini talab qilmasligini alohida ta’kidladi.
Avvalroq u AQSh G‘azo sektorini nazorat ostiga olishi va u yerdan barcha falastinliklarni butunlay chiqarib yuborishi kerakligini aytgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Trampni olqishladi. «Mana shunday fikrlash Yaqin Sharqni o‘zgartirib, tinchlikni taqdim qiladi», dedi u.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026