Savdo va xizmatlar sektoriga ijtimoiy soliq imtiyozi uzaytiriladi, shartlar o‘zgaradi
Ijtimoiy soliqning 1 foizlik imtiyozli stavkasi endilikda servis korxonalarining kamida 3 mln so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga nisbatan qo‘llanadi. Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi. “Konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan esa nazorat kuchaytiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyoz muddati uzaytiriladi. Bu haqda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish mavzusida Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan selektorda ma’lum qilindi.
Ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilangan edi. Bugungi selektorda aytilishicha, o‘tgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga ko‘paygan.
Ko‘p korxonalar “soya”dan chiqib, oylikni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘tgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra ko‘payib, qo‘shimcha 2,1 trillion so‘m soliq tushgan.
“Shu bois ko‘p tadbirkorlar imtiyoz muddatini yana uch yilga uzaytirishni so‘ramoqda. Bu taklif ma’qullanib, endilikda imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 million so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanishi belgilandi.
Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

11:02 / 10.04.2025
Meva-sabzavot mahsulotlari sohasida ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025