Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Ilon Mask departamentining maxfiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini chekladi
Demokrat prokurorlar tomonidan kiritilgan shikoyatda qayd etilishicha, Tramp ma’muriyati Mask jamoasiga Moliya vazirligi markaziy to‘lov tizimidan foydalanish huquqini berib, federal qonunni buzgan.
AQShda okrug sudyasi Pol Engelmayyer Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamentining (DOGE) mamlakat Moliya vazirligi hujjatlarini tekshirish huquqini vaqtincha cheklab qo‘ydi, deb xabar beradi Associated Press.
Nyu-York okrug sudi 19 nafar demokrat prokuror AQSh prezidenti Donald Trampni sudga berganidan keyin dastlabki taqiq bo‘yicha qaror chiqargan. Da’vogarlar Tramp ma’muriyati Ilon Mask jamoasiga Moliya vazirligi markaziy to‘lov tizimidan foydalanish huquqini berib, federal qonunni buzgan deya hisoblamoqda.
Sudyaning fikricha, maxfiy ma’lumotlar oshkor etilish xavfi mavjud. Da’voda keltirilishicha, Mask hamda uning jamoasi tibbiyot klinikalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, iqlimga oid tashabbuslar va qator boshqa dasturlarning federal darajada moliyalashtirilishiga putur yetkazishi mumkin. O‘z navbatida Tramp yopiq ma’lumotlardan o‘zining siyosiy rejalarini amalga oshirishda foydalanishi mumkinligi ham ta’kidlangan.
Bundan tashqari, departamentning ushbu tizim ma’lumotlaridan foydalanishi kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan ham xatarli hisoblanadi — bu AQSh aholisiga taalluqli ulkan hajmdagi moliyaviy ma’lumotlarni xavf ostida qoldiradi.
Avvalroq The New York Times o‘z manbalariga tayanib, Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent DOGE’ning bir nechta vakiliga davlat xarajatlarini nazorat qilish va cheklash uchun federal to‘lov tizimlaridan foydalanishga ruxsat bergani haqida yozgandi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda ushbu tizim orqali 5 trillion dollarlik to‘lovlarga oid ma’lumotlar qayta ishlangan.
Mask jamoasi tizimdan foydalanish ruxsatini olganidan keyin biror to‘lovni bloklab qo‘ygani to‘g‘risida hozircha hech narsa ma’lum emas. Oregon shtatidan saylangan demokrat senator Ron Uayden biznesmenning tizimdan foydalana olishi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
16:26
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
10:03