Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni falastinliklarning ko‘chirilishiga qarshi
Qirollik rasmiylari Falastin xalqi o‘z yerlariga bo‘lgan huquqqa ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Saudiya Arabistoni hukumati falastinliklarning o‘z yerlaridan ko‘chirilishi haqidagi bayonotlarni qabul qilib bo‘lmas deb hisoblaydi. Bu haqda Al-Jazeera nashriga tayanib Interfax xabar berdi.
«Qirollik rasmiylari Falastin xalqi o‘z yerlariga bo‘lgan huquqqa ega ekanligini tasdiqlaydi, ular zolim isroillik ishg‘olchilar xohlagan vaqtda chiqarib yuborilishi mumkin bo‘lgan bosqinchi yoki muhojir emas», deb Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi (TIV) bayonotidan iqtibos keltirdi telekanal.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Saudiya Arabistoni o‘z hududida Falastin davlatini yaratishga qodir ekanini aytgan edi.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni TIV bunday bayonotlar «e’tiborni isroillik bosqinchilarning G‘azo sektoridagi falastinlik birodarlariga qarshi sodir etayotgan uzluksiz jinoyatlaridan chalg‘itishga qaratilganini» ta’kidladi.
Bundan tashqari, Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi Netanyahu so‘zlarini qoralab, ularni xalqaro huquqning buzilishi deb atadi va Saudiya Arabistonini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp janglar tugagach, Vashington G‘azo sektorini nazoratga olishi kerakligini aytdi. Avvalroq u g‘azoliklarni Misr va Iordaniya yoki boshqa arab mamlakatlariga ko‘chirish kerakligini aytgan edi.
Mavzuga oid
14:15
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026