Finlandiya Ust-Lugadagi Koala tankeri bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda
Finlandiya razvedkachi samolyoti Ust-Luga portida mazut ortilgan Koala tankeridagi portlashdan so‘ng neft mahsulotlari sizib chiqishining izlarini topmadi. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.

Foto: Telegram / klops_news
Finlandiya hukumati Leningrad oblastidagi Ust-Luga portida qumloqqa o‘tirib qolgan Koala tankeri bilan bog‘liq hodisa yuzasidan o‘z tekshiruvini o‘tkazadi. Bu haqda 9 fevral, yakshanba kuni mamlakat bosh vaziri Petteri Orpo ma’lum qildi. «Finlandiya rasmiylari vaziyatni o‘rganmoqda. Finlandiya neft sizib chiqishiga tayyorligini oshirdi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Finlandiya chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan hududga razvedka samolyoti yuborilgan. U Finlandiya ko‘rfazida neft mahsulotlari to‘kilishining izlarini topmagan.
Avvalroq xuddi shu Leningrad oblasti gubernatori Aleksandr Drozdenko mazut ortilgan Koala tankerida dvigatelni ishga tushirish vaqtida «texnogen hodisa» yuz bergani haqida xabar bergan edi. Natijada kemaning mashina xonasi shikastlangan, tankerning o‘zi esa qumloqqa o‘tirib qolgan. Keyinroq Dengiz va daryo transporti federal agentligi kemaning yuk sisternalari shikastlanmaganini va shu sababli neft sizib chiqishi xavfi yo‘qligini ma’lum qildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kema bortida 24 kishi: to‘rt nafar Rossiya, sakkiz nafar Gurjiston va 12 nafar Indoneziya fuqarosi bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilindi. Koala tankeri Greenpeace ekologik tashkiloti tomonidan tuzilgan Rossiyaning «soyadagi floti» ro‘yxatiga kiritilgan. Kema Antigua va Barbuda bayrog‘i ostida harakatlanadi.
Mavzuga oid

00:25 / 17.03.2025
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

18:05 / 17.02.2025
Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi panjaralar qurilishini muddatidan oldin yakunlaydi

15:54 / 07.02.2025