Latviyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Bemorning davolanishi va vatanga qaytishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston elchixonasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti Riga ofisi ko‘magida ijobiy hal etildi.

Foto: dunyo.info
Latviyaga ishlash maqsadida borgan va og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi elchixona xodimlari ko‘magida vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik M.V. o‘tgan yili ishlash maqsadida Riga shahriga borgan. Ammo sog‘lig‘ida kuzatilgan muammolar sababli shu yil yanvar oyi o‘rtalarida Riga shahridagi shifoxonalardan biriga davolanish maqsadida joylashtirilgan.
Shundan so‘ng, u O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vatanga qaytish va shifoxona bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda amaliy yordam so‘ragan.
Diplomatlar shifoxona mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazib, barcha muammolarni hal etish bo‘yicha kelishib olgan. Shuningdek, fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
«Bemorning davolanishi va vatanga qaytishi bilan bog‘liq xarajatlar mamlakatimiz elchixonasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti Riga ofisi ko‘magida ijobiy hal etildi. Yurtdoshimiz Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining Riga—Toshkent yo‘nalishidagi samolyoti bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 08:33
-
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 08:10
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
Mavzuga oid

21:42 / 18.03.2025
Latviya Rossiya va Belarus chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopdi

23:05 / 16.03.2025
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi

20:35 / 23.02.2025
Sankt-Peterburgda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

18:55 / 21.02.2025