Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoidabuzar haydovchilarga oid yana bir statistika ochiqlandi
O‘zbekistonda 2024 yilda yo‘l harakati qoidalarini buzgan 26 mingdan ortiq haydovchi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazgan yoki ancha miqdorda moddiy zarar keltirgan.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2024 yilda transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi (MJtKning 133-moddasi) bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 40 119 nafar shaxsga nisbatan 39 270 ta ish ko‘rib tamomlangan.
Oliy sudning ma’lum qilishicha, shundan 26 063 nafar shaxsga nisbatan jarima va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024 yil O‘zbekistonda 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ularda 2 203 kishi halok bo‘lgan, 8 901 kishi tan jarohati olgan.
Mavzuga oid
12:24 / 24.03.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada 200 ta ish o‘rni ochildi
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026