Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» olib qochilgan vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni yana bir bor talab qildi
Samolyot va vertolyotlar 2021 yilda O‘zbekiston va Tojikistonga olib o‘tilgan, ularning bir qismi AQShga berilgan edi.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi 2021 yil avgust oyida afg‘on armiyasining sobiq uchuvchilari tomonidan O‘zbekiston va Tojikistonga olib o‘tilgan harbiy vertolyotlarni qaytarib berishni yana bir bor talab qildi. Bu haqda Bakhtar agentligi xabar berdi.
«Tolibon» Mudofaa vazirligi bu vertolyotlar sobiq Afg‘oniston ma’muriyati qulaganidan keyin qo‘lga olingani va ularning munosib o‘rni Afg‘onistonda ekanini ta’kidladi.
«Ushbu havo kemalarining Qo‘shma Shtatlarga berilishini qabul qilib bo‘lmaydi, chunki afg‘on xalqi o‘z mamlakatini himoya qilish uchun suveren huquqiga ega va buning uchun o‘z harbiy resurslariga ega bo‘lishi kerak», deyiladi departament xabarida.
«Tolibon» AQSh hukumatini to‘siqlar yaratmasdan, vertolyotlarni qaytarishga yordam berishga chaqirdi.
«Tolibon» bayonoti O‘zbekistonning Amerikada ishlab chiqarilgan yettita Black Hawk vertolyotini AQSh harbiylariga topshirgani haqidagi xabar ortidan qilingan. Bu afg‘on uchuvchilari 2021 yil avgust oyida «Tolibon» harakati tez sur’atlar bilan olg‘a siljishi paytida o‘z xizmatdoshlari va oila a’zolarini O‘zbekiston va Tojikistonga evakuatsiya qilishda foydalanilgan harbiy texnikaning bir qismidir. Bu samolyotlar bir vaqtlar AQSh tomonidan afg‘on armiyasiga topshirilgan.
2022 yil yanvar oyida Afg‘onistonning sobiq hukumati 164 ta harbiy samolyotga egaligi, biroq rasmiylar va ba’zi uchuvchilar qochib ketganidan so‘ng, mamlakatda 81 tasi qolgani, ulardan 41 tasi soz holatda ekani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026