Jahon | 08:43 / 11.02.2025
1361
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi o‘zining tashqi yordami taqsimotini qayta ko‘rib chiqadi

Tashqi moliyalashtirishni yanada maqsadli taqsimlash va Yevropa Ittifoqining strategik manfaatlarini ta’minlashga qodir bo‘lishi rejalashtirilgan.

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Yevrokomissiya Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiyasi va AQSh prezidenti Donald Trampning keskin ritorikasi fonida ko‘p milliard dollarlik tashqi yordam ajratishni YeI tashqi siyosati manfaatlariga moslashtirish niyatida, deb xabar berdi Bloomberg 10 fevral, dushanba kuni.

Tashqi moliyalashtirishni taqsimlashni yanada maqsadli qilish va YeIning strategik manfaatlarini ta’minlash, jumladan, hamfikr davlatlar bilan ittifoqlarni mustahkamlash, xomashyodan foydalanish imkoniyatini ta’minlash va migrantlar oqimini cheklash rejalashtirilgan.

Bloomberg tomonidan ko‘rilgan hujjat loyihasida ta’kidlanishicha, an’anaviy ravishda blok yalpi ichki mahsulotining qariyb 1 foizini tashkil etuvchi Yevropa Ittifoqining umumiy budjeti "yashil" o‘tishdan tortib mudofaa xarajatlarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli talablar bilan oshib ketgan. Yevropa Komissiyasi yaqin haftalarda 2028-2034 yillar uchun yetti yillik budjetni optimallashtirish g‘oyasini taqdim qilmoqchi.

YeK rahbari: Yevropa Ittifoqi mudofaani o‘z qo‘liga olishi kerak

Yevropa Ittifoqi o‘z xavfsizligi va mudofaasini «o‘z qo‘liga olishi» vaqti keldi. Bu haqda Boltiqbo‘yi davlatlari elektr energiyasi tizimini kontinental Yevropa tizimi bilan sinxronlashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Fon der Lyayyenning so‘zlarini 9 fevral kuni YeK matbuot xizmati keltirdi.

«Biz Yevropa Ittifoqi bo‘ylab mudofaani kuchaytirishimiz kerakligi aniq», — deya ta’kidladi fon der Lyayyen va NATO davlatlari orasida yalpi ichki mahsulotiga nisbatan mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan Estoniya, Litva, Latviya va Polshani misol qilib keltirdi.

Zamonaviy davrda urush olib borish katta chaqiriqlar, texnologik vazifalar va muvofiqlashtirish bilan bog‘liqdir, deya qo‘shimcha qildi u. Mamlakatlar yolg‘iz o‘zi bunga dosh bera olmaydi, deb ta’kidladi YeK rahbari.

Mavzuga oid