Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston parlamenti YeIga a’zo bo‘lishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Qonun loyihasini 63 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, yetti nafar deputat esa qarshi ovoz bergan. Avvalroq bosh vazir Nikol Pashinyan qonun loyihasi «Armanistonning Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zoligini anglatmasligini» aytgandi.
Armaniston parlamenti «Armaniston Respublikasining Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Qonun loyihasini 63 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, yetti nafar deputat esa qarshi ovoz bergan.
Qayd etilishicha, hujjatni hukmron «Fuqarolik shartnomasi» fraksiyasi vakillari qo‘llab-quvvatlagan. Muxolif «Armaniston» fraksiyasi esa ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan.
Qonun loyihasini 9 yanvarda Armaniston hukumati ma’qullagan edi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu qonun «Armanistonning Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zoligini anglatmasligini» va bu masala bo‘yicha qaror «faqat referendum orqali qabul qilinishi mumkinligini» ta’kidlagandi. «Qonun qabul qilingandan so‘ng biz YeI bilan ular tasavvur qilgan va biz tasavvur qilgan yo‘l xaritasini muhokama qilishimiz kerak», — degan edi Pashinyan.
Qonun loyihasini ko‘rib chiqish tashabbuskori «Demokratik kuch platformasi» bo‘lib, u ikki oy ichida 60 ming (qonun talab qilgan 50 ming) imzo to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu imzolar loyihani parlamentga ko‘rib chiqish uchun kiritishga talab etiladi.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
16:54 / 09.06.2026
«50 foizdan kam». Rossiya telekanallari Pashinyanning g‘alabasini «tan olmadi»
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
09:00 / 08.06.2026