Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin birinchi marta Suriyaning yangi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Suhbat davomida Rossiya yetakchisi Suriyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, jumladan, insonparvarlik yordami orqali yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Foto: Getty images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi marta Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi Kreml matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, muloqot davomida Rossiya yetakchisi Suriyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, jumladan, insonparvarlik yordami orqali yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan. Kremlga ko‘ra, telefon muloqoti «konstruktiv, ishga oid va mazmunli» kechgan.
«Suriyadagi mavjud vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Rossiya tomonidan Suriya davlatining birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z prinsipial pozitsiyasi bildirildi», — deyiladi xabarda.
Vladimir Putin «Ahmad ash-Shar’aga mamlakatning yangi rahbariyati oldida turgan masalalarni yechishda muvaffaqiyat tilagan». Ikki mamlakat yetakchilari, shuningdek, savdo-iqtisodiy, ta’lim va boshqa sohalar bo‘yicha ham hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. «Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli kun tartibini ishlab chiqish uchun ushbu turdagi foydali aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi», — deya ta’kidlanadi Kreml xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning rasmiy delegatsiyasi 28 yanvarda Suriyaga borgandi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev Damashqda muzokaralar o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Suriyada ikkita asosiy bazasi bor — Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Lataqiyadan taxminan 20 kilometr janubi-sharqda joylashgan Hmeymim harbiy-havo bazasi. Avvalroq Suriya mudofaa vaziri Murhef Abu Qasra mamlakatning yangi hukumati Rossiya harbiy bazalarini agar ular Suriya manfaatlariga javob bersa, saqlab qolishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
15:51 / 15.01.2026
Bloomberg: Trampning maxsus vakillari Putin bilan uchrashishi mumkin
09:50 / 15.01.2026
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
18:35 / 12.01.2026