Dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 103 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi
Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash hududlaridagi issiqxonalar faoliyati 11 fevral kuni tungi vaqtda o‘rganildi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi xabar berishicha, bunda 70 nafar xodimdan iborat 6 ta ishchi guruh tuzilib, Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlaridagi 40 dan ortiq issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida ayrim issiqxonalar atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi, filtr o‘rnatilmaganligi va boshqa huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.
Natijada 26 ta issiqxonaga ogohlantirish berildi va 2 ta issiqxona egasiga belgilangan talablarni bajarmaganligi yuzasidan ma’muriy jarima jazosi qo‘llandi.
Joriy kuz-qish mavsumida jami 630 ta issiqxonada o‘rganish tadbirlari olib borildi. Issiqxonalarning 396 tasi faoliyat yuritayotganligi va 234 tasi (Zangiota tumanida 77 ta, Qibray tumanida 12 ta, Toshkent tumanida 24 ta, Yunusobod tumanida 108 ta, M.Ulug‘bek tumanida 1 ta, Yashnobod tumanida 9 ta, Bektemir tumanida 3 ta) mavsumiy bo‘lganligi, ya’ni qozonxonasi yo‘qligi sababli ish faoliyatida emasligi aniqlandi.
Issiqxonada dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan jami 58 ta issiqxona egalariga ma’muriy jarimalar qo‘llandi. Yana 103 tasining faoliyati to‘xtatildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
O‘zbekiston | 16:22
-
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
Jahon | 16:19
-
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
O‘zbekiston | 16:08
-
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 15:49
Mavzuga oid

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi

10:45 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi

11:26 / 26.01.2025