Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurol nazorati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi
AQSh prezidenti Rossiya va Xitoy bilan yadro qurollarini nazorat qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Tramp Putin va Si bilan uch tomonlama uchrashuv haqida o‘ylayapti.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Amerika yetakchisi 13 fevral, payshanba kuni Oq uyning Oval kabinetida tegishli bayonot bilan chiqdi.
Siyosatchi oxir-oqibat uch davlat ham mudofaa budjetlarini yarmiga qisqartirishga kelishib olishiga umid qilmoqda, deya xabar beradi AP agentligi.
«Bizga yangi yadroviy qurollar (YaQ)ni ishlab chiqishning hojati yo‘q, bizda ularning ko‘pi bor... Biz hammamiz ko‘p pul sarflaymiz, uni boshqa narsalarga yo‘naltirishimiz mumkin edi, bu esa, umid qilamanki, ancha samaraliroq», — deya ta’kidladi u.
Uch tomonlama format
Amerika yetakchisi, shuningdek, Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Jinping bilan uch tomonlama uchrashuvni tasavvur qilayotganini ta’kidladi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi.
Tramp Yaqin Sharq va Ukrainada «hamma narsani hal qilishimiz» bilanoq tegishli formatdagi muzokaralar boshlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
O‘zining birinchi muddati davomida Tramp Xitoyni yadroviy qurollarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralarga jalb qilishga urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb eslatadi AP.
Mavzuga oid
10:39
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
22:26 / 07.06.2026