Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda ko‘pyillik daraxtni kesmoqchi bo‘lgan fuqarolar qamoqqa olindi
Ular chinorni kesishga urinib, qochib ketgan. O‘simlik dunyosiga 117 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Foto: Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrining «Zilol» mahallasida chinor daraxtini kesishga urinib, qochib ketganlar ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shu mazmundagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Farg‘ona viloyat prokuraturasi, Ekologiya boshqarmasi Qo‘qon shahri bo‘limi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Zilol mahallasida o‘rganish ishlari olib borilgan.
Unda noma’lum shaxslar tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz ko‘pyillik chinor daraxtining yarim qismiga qadar arralangani aniqlangan. Dalolatnomaga ko‘ra, o‘simlik dunyosiga 117 mln so‘m yetkazilgan zarar hisoblangan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, 13 fevral kuni Uchko‘prik tumani, «Farovon» mahallasi, Kaltasoy qishlog‘ida yashovchi ikki nafar fuqaro chinorni qasddan shikastlagan.
Ularning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan huquqbuzarlik sodir etilgani aniqlangan va har biriga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (yashil zonalarda daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish yoki shikastlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
13:42 / 23.04.2026
"Javobgarlar qochib qolishdi" – Farg‘ona sitida tok urgan bolaning ahvoli o‘nglanmayapti
09:14 / 23.04.2026