O‘zbekiston | 21:33 / 15.02.2025
88364
3 daqiqa o‘qiladi

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi

U namanganlik yirik tadbirkorlardan biri Bahodir Abdullayevning besh nafar qiz farzandidan kenjasi edi.

Foto: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.

Uning vafoti sabablari keltirilmadi. U katta ehtimol bilan xastalik (meningit) bilan kurashib kelgan.

Shirin Abdullayeva 2005 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Qo‘shiqchi 2023 yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangandi.

U respublika va xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnashgan, shuningdek, kinoda ham suratga tushgan. Uning «Lo‘li», «Metro», «Bezori» va boshqa qo‘shiqlari YouTube`da millionlab marta ko‘rilgan.

Shirin Abdullayeva tadbirkor, tarkibida 20 dan ortiq korxonani birlashtirgan BA Holding ta’sischisi Bahodir Abdullayevning besh nafar qiz farzandidan eng kenjasi bo‘lib, otasi qizi haqida YouTube’dagi Jahongir Latipov blogiga bergan intervyusida gapirib o‘tgandi.

«[4 qizdan keyin] 5-farzandni UZIda o‘g‘il bola deyishgan. Shuning uchun o‘g‘il bola kutganmiz. Ko‘proq onasi o‘g‘il xohlagan. Tug‘uruqxona tashqarisida kutib turibmiz, hamshira qiz chiqib, «Bahodir aka, qiz muborak bo‘lsin!» deganda kulib yubordim, xursand bo‘lib ketdim. Nega ekanini o‘zim ham bilmayman…

Ichkariga kirib, onasi, muborak bo‘lsin qiz farzand, desam, yig‘lab, teskari qarab olgan. Meni xafa bo‘ldi deb o‘ylagan ekan. Men esa unga bunday qilmaslikni, mingdan ming rozi ekanimni aytganman. Hali ko‘rasan, 4 ta qizingdan ham zo‘r bo‘ladi shu kenja qizing, deganman. Mana, opalaridan kam bo‘lmadi», — deb eslaydi Abdullayev qizining tug‘ilishini.

Mavzuga oid

E`lonlar

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zbekiston Avtomobil biznesi uyushmasi (ABA): avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish uchun soha yetakchilarining birlashmasi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti