Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Livanning iltimosi sabab Bayrutga barcha aviareyslarini to‘xtatdi
Livanda 18 fevralga qadar barcha xalqaro reyslar to‘xtatildi. Bunga «Hizbulloh» Bayrut aeroportiga eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ygani sabab bo‘ldi.

Foto: Tehran Times
Livan Tehrondan xavfsizlik nuqtai nazaridan Eron aviakompaniyalarining Bayrutga reyslarini to‘xtatishni so‘radi, deb xabar beradi Tehran Times.
«Eron va Livan aviaregulyatorlari o‘rtasidagi yozishmalarda livanliklarning xavfsizlik nuqtai nazaridan 18 fevralga qadar Bayrutga aviareyslarni to‘xtatishni so‘ragan keltirilgan. Shuningdek, mamlakatdagi barcha xalqaro reyslar bekor qilingan», — deydi Eron Fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti rahbari Husayn Purfarzaneh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Bayrut aeroportidagi vaziyat murakkab va keskin, ammo Eron tomoni uni kuzatib bormoqda hamda 18 fevralgacha barchasi joyiga tushishiga umid qilyapti.
14 fevral kuni «Hizbulloh» faollari Livan hukumatining Eronga tegishli Mahan Air aviakompaniyasi samolyotini qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaroridan keyin Bayrut xalqaro aeroportiga eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Shanba kuniga o‘tar kechasi bir guruh namoyishchilar BMT tinchlikparvar kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosariga hamrohlik qilayotgan soqchilarga hujum qilib, ularga tegishli mashinalardan birini yoqib yubordi.
15 fevral kuni Livan prezidenti Jozef Aunning talabi bilan kuch tuzilmalari vakillari hujumga aloqador 26 kishini qo‘lga oldi. Armiya namoyishchilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan barcha yo‘llarni ochib yubordi. Davlat rahbari vaziyatni beqarorlashtiradigan bu kabi harakatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

08:24 / 30.06.2025
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi

23:03 / 23.02.2025