Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi
Yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi.

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025–2027 yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:
🔹dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;
🔹yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;
🔹zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;
🔹iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.
“Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.
“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YaTT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.
“Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Baxmal mavsumida Antaliya: maxsus narxlar 25 avgustgacha
Jamiyat | 19:00 / 20.08.2025
-
Ichida sichqonlar va pashshalar bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Fan-texnika | 02:01
-
Isroil armiyasi G‘azoni bosib olish operatsiyasini boshladi
Jahon | 01:06
-
Afg‘onistonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:37
Mavzuga oid

11:42 / 07.08.2025
Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

11:00 / 07.08.2025
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda

14:59 / 30.07.2025
Ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

15:33 / 23.07.2025