Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida
Foto: Paxtakor
Ilk bor tashkil etilgan OFK Elit Chempionlar Ligasida qatnashgan «Paxtakor» turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi.
O‘zbekiston vakili so‘nggi turda kolumbiyalik hujumchi Brayan Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni (2:1) mag‘lub etib, turnirdagi ilk g‘alabasiga erishdi.
Jamoaning keyingi bosqichga chiqish-chiqmasligi boshqa o‘yinlarga bog‘liq edi va o‘sha bahslarda «sherlar»ni qoniqtiradigan natijalar qayd etildi. Aniqrog‘i, muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan Saudiya grandlari oxirgi o‘yinda yutqazishmadi va bu «Paxtakor»ning 1/8 finalga chiqishini rasman hal qildi. «An Nasr» «Persepolis» (0:0) bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, «Al Ahli» esa «Al G‘arafa»dan (4:2) ustun keldi.
Natijada 8 o‘yinda 7 ochko to‘plagan «Paxtakor» kamida 8-o‘rindan (12 jamoadan 8 tasi chiqadi) pastga tushmaydigan bo‘ldi va Elit OChL pley-offida o‘ynaydigan ilk o‘zbek klubiga aylandi. Nimchorakfinaldagi raqib — «Al Hilol» yoki «Al Ahli» bo‘ladi.
Hozirda G‘arb mintaqasida 7 yo‘llanma egasi aniq — «Al Ahli», «Al Hilol», «An Nasr» (uchalasi — Saudiya Arabistoni), «As Sadd», «Ar Rayyan» (ikkalasi — Qatar), «Al Vasl» (BAA) va «Paxtakor» (O‘zbekiston).
So‘nggi 8-ishtirokchi Eron klubi bo‘ladi. Agar 18 fevral kuni Jaloliddin Masharipov o‘ynaydigan «Istiqlol» «Ar Rayyan»ga yutqazmasa, keyingi bosqichga chiqadi. Agar «Istiqlol» mag‘lub bo‘lsa, Oston O‘runov harakat qiladigan «Persepolis» pley-offda o‘ynaydi.
Mavzuga oid
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026
«Paxtakor» superkubokdagi hakamlik yuzasidan shikoyat kiritdi
21:17 / 15.03.2026