Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Ukrainada nodir metallar yo‘q
Foydali qazilmalar sohasidagi ekspertning ta’kidlashicha, Ukraina nodir metallar zaxirasi bor e’tiborga molik davlatlar ro‘yxatiga ham kirmaydi. Mamlakatda faqat «skandiy qazib olish bo‘yicha kichik shaxtalar» mavjud.
Foydali qazilmalar sohasidagi ekspert Xaver Blas Ukrainada Donald Tramp «ov qilayotgan» nodir metallar zaxirasi yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi Bloomberg.
Qayd etilishicha, Ukraina bilan bog‘liq holat — AQShning bu turdagi birinchi xatosi emas. 2010 yilda Afg‘onistonda foydali qazilmalar zaxirasi, jumladan, litiy aniqlangani e’lon qilingan edi. Ularning qiymati 1 trillion dollarga baholangan. Ammo ma’lumotlar xato bo‘lib chiqqan.
Blasning aytishicha, Ukraina bilan bog‘liq holatda nodir metallar haqida gap ketmoqda. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina ushbu elementlarning zaxiralari bor e’tiborga molik davlatlar ro‘yxatiga ham kirmaydi. Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda faqat «skandiy qazib olish bo‘yicha kichik shaxtalar» bor.
Blasning ta’kidlashicha, nodir metallar to‘g‘risidagi masala bo‘yicha tushunmovchilik Ukraina tomonining bayonoti sabab boshlangan: «O‘tgan yilning noyabrida taqdim etilgan «g‘alaba rejasi» orqali ular Trampni o‘z taraflariga og‘dirib olishga urinib, xatoga yo‘l qo‘ydi. Ular doim foydali qazilmalar borasida o‘z mamlakati potensialini oshirib ko‘rsatgan. Tez fursatda ushbu uydirma ustidan nazoratni qo‘ldan chiqarishdi».
Fevral boshlarida Tramp Ukraina nodir metallarning ulkan zaxirasiga ega ekanini ma’lum qilib, o‘z taklifini bildirgan edi: AQSh yordami evaziga ushbu foydali qazilmalar. Keyinroq summa ham e’lon qilindi — 500 milliard dollar. Ammo ekspertning aytishicha, muammo shundaki, dunyo bo‘ylab har yili bu turdagi elementlardan taxminan 15 milliard dollarlik qazib olinadi xolos.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026