Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya va Gurjistonning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniya va Gurjistonning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Foto: TIV
Yaap Ora Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tashqi ishlar vaziri elchi Yaap Oradan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
«O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qildik. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdik», — deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, TIV rahbari David Kotariani Gurjistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani bilan tabrikladi va undan ham ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldik. Tashqi ishlar vazirligi janob elchini O‘zbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyordir», — deydi Saidov.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026