«Natija bor» - Putin Rossiya-AQSh muzokaralari haqida
Rossiya prezidenti Saudiya Arabistonida o‘tgan Rossiya-AQSh muzokaralarini yuqori baholashini aytdi.

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralari natijalarini «yuqori» baholashini aytdi. Uning so‘zlaridan «Interfaks» iqtibos keltirdi.
«Ha, menga [muzokaralar natijalaridan] xabar berishdi. Men ularni yuqori baholayman. Natija bor», dedi Putin.
U, shuningdek, Moskva va Vashington «diplomatik vakolatxonalarning normal faoliyatini tiklashga kelishib olganini» tasdiqladi. Bu haqda bir kun avval AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qilgan edi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, diplomatik vakolatxonalar ishiga to‘sqinlik qilish «yaxshilikka olib kelmaydi».
«Agar ishlar shu tarzda davom etsa, bu binolarda faqat farroshlar ishlaydi», dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp unga Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar jarayoni Ukraina ishtirokida o‘tishini va hech kim uni muzokaralardan chetlatmaganini aytgan.
Putin, shuningdek, Saudiya Arabistonidagi Rossiya-Amerika uchrashuvida, jumladan, iqtisodiyot, energetika va koinot masalalari muhokama qilinganini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp bilan uchrashish istagi bor, ammo natija bo‘lishi uchun uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Shu bilan birga Vladimir Putin Ukraina mojarosini hal qilish muddati bo‘yicha AQSh prezidenti Donald Trampning fikri o‘zgarganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Tramp avvalroq Ukrainadagi inqirozni hal qilish uchun qisqa muddat haqida gapirgan, «lekin ma’lumot olishni boshlaganidan so‘ng, o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan».
«U 6 oy vaqt ketadi, dedi. Biz hozir muddat haqida gapirmaymiz. Lekin bu tabiiy», dedi Putin.
18 fevral kuni Saudiya Arabistonida Rossiya va AQSh vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar «Ukraina masalasini tartibga solish jarayonini» boshlashga va muzokarachilarni tayinlashga kelishib oldi. Muzokaralar taxminan to‘rt yarim soat davom etdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

22:02
Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi

20:39
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

20:17
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:19