YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini kelishib oldi
Yevroittifoqning yangi sanksiyalar paketi Rossiya alyuminiy mahsulotlari importiga «bosqichma-bosqich» taqiqni joriy etadi va neft xomashyosi savdosiga qo‘yilgan cheklovlarni kuchaytiradi.

Foto: AFP
Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini kelishib oldi, deb xabar beradi The Financial Times. Yangi cheklovlar, xususan, Rossiyadan alyuminiy va neft eksportiga qarshi yo‘naltiriladi.
YeI AQSh prezidenti ma’muriyati Moskvaga nisbatan cheklovlarni yumshatishi mumkinligidan xavotirlanib, yangi sanksiyalarni joriy etmoqda. FT’ning eslatishicha, Ar-Riyodda Moskva va Vashington o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy muzokaralarning birinchi raundida AQSh davlat kotibi Marko Rubio urushni hal etish bo‘yicha muzokaralar vaqtida YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari masalasi ham ko‘tarilishiga shama qilgan. Shu bilan birga, Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib, Rubio Yevropadagi ittifoqchilariga urush tugamagunga qadar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaslikka va’da berganini yozdi.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoqning yangi sanksiyalar paketi Rossiya alyuminiy mahsulotlari importiga «bosqichma-bosqich» taqiqni joriy etadi va neft xomashyosi savdosiga qo‘yilgan cheklovlarni kuchaytiradi. Sanksiyalar Rossiyaning «soyadagi floti»ni 73 ta tankeriga, mamlakat banklari va o‘nlab jismoniy hamda yuridik shaxslariga qarshi joriy etiladi.
«Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni va Rossiya bosqiniga qarshi sanksiyalar joriy etishni davom etamiz, chunki bu xalqaro huquq va tartibni, suverenitet va hududiy yaxlitlikni saqlab qolishga qaratilgan to‘g‘ri qarordir», — deydi YeI diplomatlaridan biri.
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketi 2024 yil 15 dekabrda qabul qilingan edi. O‘shanda 54 ta jismoniy va 30 ta yuridik shaxs, xususan, Rossiyaning «soyadagi floti»ga aloqador mudofaa korxonalari hamda kemasozlik kompaniyalari cheklovlarga uchragan edi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
Mavzuga oid

01:11 / 01.04.2025
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

20:33 / 27.03.2025