Jahon | 19:01 / 20.02.2025
3299
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga chet elliklar oqimi pandemiyadan oldingi darajaga qaytdi

2024 yilda chet elliklar, YeOII mamlakatlari fuqarolarini hisobga olmaganda, Rossiyaga 9,227 million marta sayohat qildi, bu 2019 yildagi bilan deyarli bir xil – 9,229 million sayohat.

Foto: Global Look Press

2024 yilda Rossiyaga «do‘stona» mamlakatlardan borgan xorijiy fuqarolarning sayohatlari soni COVID-19 pandemiyasi sababli karantin choralari va ommaviy chegaralar yopilishidan oldingi 2019 yil darajasiga yetdi.

Shunday qilib, 2024 yilda chet elliklar, YeOII mamlakatlari fuqarolarini hisobga olmaganda, Rossiyaga 9,227 million marta sayohat qildi, bu 2019 yildagi bilan deyarli bir xil – 9,229 million sayohat. 2023 yilga nisbatan 11 foizga o‘sish kuzatilgan, 2019 yildagi farq esa atigi 0,01 foizni tashkil etadi. YeOII fuqarolarining sayohatlari hisobga olinmadi, chunki ular mamlakat chegarasini maxsus shartlarda kesib o‘tadilar. Shuningdek, Rossiyaga «do‘stona bo‘lmagan» mamlakatlar fuqarolarining sayohatlari hisobga olinmagan.

«Biz Markaziy Osiyo, arab mamlakatlari va Uzoq Sharqdan ko‘plab fuqarolar kelayotganini ko‘ryapmiz. O‘ylaymanki, yangi reyslar ochilishi yoki Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari uchun logistika xarajatlarining kamayishi bilan bu ko‘rsatkichlar o‘sib boradi», dedi DigiTaxFree ijrochi direktori Vadim Klementev.

2024 yilda xorijiy fuqarolar Rossiyaga eng ko‘p qo‘shni davlatlardan, xususan, 2019 yilga nisbatan 30 foizga o‘sgan O‘zbekiston va Tojikistondan (+8 foiz) borgan. Kirish soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda Xitoy turadi, uning fuqarolari 2024 yilda Rossiyaga sezilarli darajada tez-tez borishni boshlagan - 2023 yilga nisbatan 113 foizga o‘sgan. Biroq, 2019 yilning pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlari – 2 million 257 ming sayohatga hali erishilgani yo‘q (-25%).

«Do‘stona munosabatda bo‘lmagan» davlatlar fuqarolarining Rossiyaga sayohatlari umumiy soni 2019 yilga nisbatan qariyb 96 foizga kamaydi va 2019 yildagi 14 million 740 mingga nisbatan 625 mingni tashkil etdi.

Xorijiy fuqarolarning sayohat maqsadlariga kelsak, ish maqsadidagi safarlar bo‘yicha pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar oshib ketgan. 2024 yilda 3 million 537 ming kishi ish maqsadida kirgan, bu 2019 yilga nisbatan 30 foizga ko‘p. Ish maqsadidagi kirishlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkich Turkmaniston (+477%) va Hindiston (+244%) tomonidan qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sayohat sonining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda (2019 yil darajasiga nisbatan +48 foiz).

Mavzuga oid