21 fevral kuni Qöşma Ştatlar Ukrainaga qazilma boyliklar böyiça kelişuv loyihasining yangi tahririni topşirdi, ayrim şartlar avvalgi tahrirga qaraganda kuçaytirildi. Bu haqda The New York Times yozdi.

Hujjat Ukrainaga tabiiy resurslar, jumladan, foydali qazilmalar, gaz va neftdan, şuningdek, portlar va boşqa infratuzilmalardan olinadigan daromadning yarmidan AQŞ foydasiga voz keçişni nazarda tutadi.

Xuddi şu talab 14 fevraldagi avvalgi tahrirda ham mavjud edi. Yangi versiyada tuşum 100 foizi AQŞga tegişli bölgan jamğarmaga yönaltirilişi körsatilgan. Ukraina uşbu jamğarmaga uning hajmi 500 milliard dollarga yetgunça öz hissasini qöşib borişi kerak.

Qayd qilinişiça, tomonlarning jamğarmaga badallari quyidagi nisbatda bölinadi: Ukraina tomoni kelgusida olinadigan daromadlarning uçdan ikki qismini, Amerika tomoni esa qurol körinişida taqdim etgan uçinçi qismini hissa sifatida qöşadi. Ukraina jamğarma hajmini qayta körib çiqişni va uning mablağlari faqat mamlakatga sarmoya kiritiş uçun işlatilişi töğrisida kelişuv imzolaşni taklif qilmoqda.

Oldingi variantda 500 milliard dollar haqida aytilmagan edi. AQŞ prezidenti Donald Tramp Kiyevning Vaşington oldidagi majburiyatlarini şu miqdorga baholagan. Bu AQŞ tomonidan taqdim etilgan harbiy va moliyaviy yordamga tegişlimi yoki kelajakdagi yordamga ham tegişlimi, aniq emas.

Yangi loyihada, Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan hududlardan olinadigan daromadlar töğrisidagi band ham bor. Agar Ukraina ularni qaytara olsa, dromadlarni baham körişiga töğri keladi. Bu yerlardan jamğarmaga tuşadigan daromad uluşi 66 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Hujjatda, şuningdek, Qöşma Ştatlar tuşgan mablağning bir qismini Ukrainani uruşdan keyingi tiklaş uçun qayta sarmoya qilişi mumkinligi aytiladi.

Kelişuvda AQŞ Ukrainaga qanday xavfsizlik kafolatlarini berişga tayyorligi aytilmagan. Uşbu nuqta loyihaning birinçi versiyasida ham yöq edi.