Ilon Mask Ukraina Starlink tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Reuters Vashington Kiyevga bosim qilish maqsadida Ukrainani Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidan uzib qo‘yishi mumkinligi haqida yozdi. Amerikalik milliarder agentlik tarqatgan ushbu xabarni yolg‘on deb atadi.

Foto: Reuters
Amerikalik milliarder va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi o‘chirib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Reuters agentligi avvalroq AQSh Ukrainaga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini yopib qo‘yish bilan tahdid qilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
«Bu yolg‘on. Reuters yolg‘on ma’lumot tarqatmoqda. U eski OAV orasida yolg‘on tarqatadigalar qatorida Associated Press’dan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi», — deb yozadi Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘iga.
Reuters agentligi o‘z manbasiga tayanib, Vashington foydali qazilmalar borasida kelishuvga erishilmasa, Kiyevga bosim o‘tkazish maqsadida Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimini o‘chirib qo‘yish variantini ko‘rib chiqayotganini yozgandi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenkoga ko‘ra, Ukrainaga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini yopib qo‘yilsa ham bu harbiylar uchun falokat bo‘lmaydi.
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi — SpaceX kompaniyasi loyihasi hisoblanadi. Ukrainada u 2022 yildan beri ishlamoqda. Tarmoq keng ko‘lamli internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga mo‘ljallangan, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari uchun ham. 2025 yil oxirlarida Starlink Ukrainada uyali aloqa xizmatlarini ham taqdim etishni boshlashi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

14:42 / 22.04.2025
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda

23:25 / 13.04.2025