Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada ilmiy ishlarda ChatGPT’dan foydalanilayotgani aniqladi
Kim Ir Sen universiteti huzuridagi sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ChatGPT va uning funksional imkoniyatlarini o‘rganayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shimoliy Koreya o‘zining oliy ta’limdagi sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarida Amerikaning OpenAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan ChatGPT chatbotidan foydalanmoqda, deb yozadi The Korea Times.
KXDRning tashqi auditoriyaga mo‘ljallangan Voice of Korea nashri reportajiga ko‘ra, Kim Ir Sen universiteti huzuridagi sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ChatGPT va uning funksional imkoniyatlarini o‘rganayotganini aniqlagan.
Institut tomonidan foydalaniladigan o‘quv materiallari ChatGPT foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar asosida matnni qanday generatsiya qilishini tushuntiradi. Shimoliy Koreyada internetga qo‘yilgan qattiq cheklovlar inobatga olinadigan bo‘lsa, tadqiqotchilar servisdan qanday usulda foydalanayotgani noma’lum.
Kim Ir Sen universiteti tadqiqotchisi bo‘lgan Xan Chxol-Chjinning ma’lum qilishicha, institut ilg‘or texnologiyalarni tushunish va o‘zlashtirish, shuningdek, ularni ichki foydalanish uchun moslashtirish yo‘llarini o‘rganishga ixtisoslashgan.
Ma’lumot uchun ChatGPT 2022 yil noyabrda ishga tushirilganidan beri haftasiga 250 million faol foydalanuvchini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. 2021 yilda OpenAI qiymati 14 milliard dollardan 157 milliard dollarga chiqib ketgan, daromadi esa noldan 3,6 milliard dollarga yetgan edi.
Mavzuga oid
23:02 / 06.06.2026
ChatGPT foydalanuvchilari soni uch yilda bir milliardga yetdi
22:09 / 16.05.2026
Dunyodagi ilk davlat barcha fuqarolarga ChatGPT Plus’dan bepul foydalanish imkonini beradi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026