BMT Ukraina bo‘yicha ikkita rezolyutsiyani qabul qildi. AQSh Rossiya bosqinini qoralovchi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi
O‘zbekiston ushbu rezolyutsiyalarga ovoz berishda betaraf qoldi.

Foto: UN News
BMT Bosh assambleyasi 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya—Ukraina urushi bo‘yicha ikkita rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda BMTning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Bosh assambleya dastlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ukraina tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qilgan. «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni ilgari surish» deb nomlangan hujjat keskinlikni yumshatish, jangovar harakatlarni tezda to‘xtatish va urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi.
Unga 93 ta davlat yoqlab ovoz bergan, 18 davlat qarshi chiqqan va 65 davlat betaraf qolgan (jumladan, O‘zbekiston ham). Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida AQSh, Rossiya va Vengriya bor. Shu bilan birga, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan.
Keyinroq Bosh assambleya Qo‘shma Shtatlar tomonidan tayyorlangan «Tinchlik sari yo‘l» rezolyutsiyasi uchun ovoz bergan. Ta’kidlanishicha, AQSh o‘z rezolyutsiyaga Yevropa davlatlari tomonidan taklif qilingan tuzatishlarni kiritgan, xususan, «Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi mojaro» so‘zlari Rossiyaning «keng ko‘lamli bosqini» so‘zlari bilan almashtirilgan.
Rezolyutsiya loyihasi uchun 92 ta davlat ovoz bergan, sakkiztasi qarshi chiqqan (jumladan, Rossiya) 73 ta davlat esa ovoz berishdan tiyilgan — ular orasida AQSh ham bor.
BMT Bosh assambleyasi RFning AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyaga tuzatishini qo‘llab-quvvatlamadi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaga ko‘ra, RF «Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida»gi hujjatga o‘zgartirishlar kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda ham O‘zbekiston BMTning Rossiya agressiyasi qayd etilgan rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qolgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

12:27 / 26.03.2025
BMT idorasi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksportida ko‘maklashadi

14:14 / 22.03.2025
BMT: 2024 yilda dunyo bo‘ylab 8938 nafar migrant halok bo‘ldi

17:36 / 21.03.2025
The Telegraph: Makron Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlarini yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda

15:21 / 20.03.2025