AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp NATO davlatlari yillik mudofaa xarajatlarini yalpi içki mahsulotning 5 foizigaça oşirişi kerakligini aytdi. Respublikaçi bu haqda 7 yanvar, seşanba kuni Floridada ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Tramp: Men NATOni qutqardim

AQŞ saylangan prezidenti birinçi prezidentlik davrida Yevropadan mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foizigaça oşirişni talab qila boşlaganini esladi. «NATO haqida mendan köra köproq heç kim bilmaydi», dedi u. Uning sözlariga köra, Şimoliy Atlantika alyansining yangi boş kotibi Mark Ryutte 2024 yil noyabr oyida bölib ötgan yiğilişda «agar men bölmaganimda NATO mavjud bölmasdi, degan edi».

«Men öşanda aytdim: agar siz tölamasangiz, biz sizni himoya qilmaymiz. Men buni aytişim bilanoq, pul kela boşladi. Obama buni aytişi mumkin edi, lekin buni mendan boşqa heç kim aytmadi. Töğrisini aytsam, men NATOni saqlab qoldim».

Uning sözlariga köra, uning talablaridan oldin «NATOning 28 davlatidan 21 tasi öz hisoblarini tölamagan» va u «680 milliard dollardan köproq pul yiğişga» muvaffaq bölgan. «2 foiz edi. Lekin 5 foiz bölişi kerak», deya qöşimça qildi u.

Jurnalistlar undan bu talabga aniqlik kiritişni söraşdi. «Ba’zilar yetarli pul tölamadi, ba’zilari esa 1 foiz töladilar, - deb javob berdi Tramp. - NATOda 5 foiz bölişi kerak. Menimça, ular buni qila oladi».

«Agar sizning mamlakatingizda muntazam armiyangiz bölsa, sizda - 4 foiz. Ularda esa xavfli hudud, ularda 2 foiz emas, balki 5 foiz bölişi kerak», — deya xulosa qildi respublikaçi.

Tramp yana Kanadaga AQŞ bilan birlaşişni taklif qildi

AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Kanadaning AQŞ bilan birlaşişi haqidagi taklifini takrorladi. «Agar Kanada AQŞ bilan birlaşsa, heç qanday tariflar bölmaydi, soliqlar sezilarli darajada kamayadi va ular doimo özlarini örab turgan Rossiya va Xitoy kemalari tahdididan butunlay himoyalangan böladi. Birgalikda bu qanday buyuk davlat bölar edi» – deb yozdi Oq uyning bölajak rahbari 6 yanvar kuni öziga tegişli bölgan Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Şu tariqa, Tramp bir neça soat avval e’lon qilingan Kanada boş vaziri Jastin Tryudoning iste’foga çiqişi haqidagi xabarga javob qaytardi. «Kanadada köp odamlar 51-ştat bölişni yaxşi köradi. Qöşma Ştatlar Kanadaning özini saqlab qolişi uçun zarur bölgan yirik savdo kamomadi va subsidiyalarga endi toqat qila olmaydi. Jastin Tryudo buni bilib, iste’foga çiqdi», — deyiladi uning xabarida.