Farg‘onada kompyuter klubi xodimlarini kaltaklaganlar qamoqqa olindi
Mashhur tadbirkorning o‘g‘li ekani aytilgan O.Vallomov, shuningdek, M.Qodirov hamda N.Mahmudjonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ularning yana uch nafar sherigiga nisbatan esa ma’muriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: Kun.uz
Farg‘ona shahridagi “Verona” kompyuter klubida janjal ko‘targan shaxslar javobgarlikka tortildi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 fevral kuni Farg‘ona shahar Oftob ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinlari klubida yetti nafar tanishlar o‘zaro baqir-chaqir qilib kompyuter o‘ynashgan. Klub ish boshqaruvchisi F.Xudoynazarov tomonidan ularga e’tiroz bildirilgan. Oqibatda o‘zaro kelishmovchilik sababli fuqaro O.Vallomov uning yuz qismiga urib yuborgan va janjalga uning sheriklari ham qo‘shilishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib, bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar O.Vallomov, M.Qodirov hamda N.Mahmudjonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shunigdek, ularning yana uch nafar sherigiga nisbatan ma’muriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Mazkur holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan. Yakuniga ko‘ra qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.
Kun.uz oldinroq Otabek Vallomov va uning sheriklari kompyuter klubi xodimlarini kaltaklagani haqida xabar bergandi. Kun.uzʼga kelib tushgan video-dalillarda ko‘rinishicha, klubda kompyuter o‘ynab o‘tirgan yigitlar dastlab shovqin solib, boshqalarga xalaqit qilishgan. Shundan so‘ng kompyuter klubi xodimlari kelib, shovqin solmaslikni so‘ragan. Shovqin to‘xtamagach, yigitlarni kompyuterni o‘chirib qo‘yish bilan ogohlantirishgan. Shundan so‘ng gap talashishlar mushtlashuvga aylangan.
Klubdagi shovqin-suron va fuqarolarni kaltaklashni boshlagan yigit o‘zining “Otabek Vallomov” ekanini aytib, kerak bo‘lsa klubni sotib olishini bildirgan. U “xohlagan odamingni boshlab kel”, deb baqirgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
Mavzuga oid

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

11:20 / 26.03.2025
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025