Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi
Sud tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadigan shaxslar qatoriga kiritiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu qonun loyihasi tazyiq yoki zo‘ravonlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga nisbatan davlat himoyasini ta’minlash amaliyotini kengaytirishni nazarda tutadi.
Loyiha bilan profilaktik hisobga qo‘yiladigan shaxslar doirasi amaldagi 6 toifadan 3 toifaga, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun profilaktik hisobga olinayotgan moddalar 28 tadan 12 taga kamaytirilib, hozirda zarur hisoblangan qo‘shimcha 2 ta holat bilan to‘ldirilmoqda.
Xususan, oilaviy zo‘ravonlik sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi uchun sud tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslarni profilaktik hisobga olinadigan shaxslar qatoriga kiritish nazarda tutilyapti.
Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida ayrim toifadagi shaxslarga ularning ayblilik masalasi hal etilmasdan turib huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi.
Mavzuga oid
18:32 / 10.06.2026
Yo‘l talashib ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
18:20 / 21.05.2026
Qo‘riqlash xizmatiga ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish vakolati berildi
18:09 / 23.03.2026
Polshalik erkak haydovchilik guvohnomasi olish uchun nazariy imtihondan 139-urinishda o‘tdi
10:43 / 05.03.2026