Isroil Suriya janubidagi nishonlarga aviazarbalar berdi
Isroil Mudofaa vazirligi Suriya janubidagi harbiy obektlarga zarbalar berilgani haqida xabar qildi. OAV xabarlariga ko‘ra, Damashq chekkasi va Dara viloyati hujumga uchragan.

Foto: Pavel Nemecek/CTK/picture alliance
26 fevral, chorshanbaga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya hududiga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi xabar qilib, hujumlar mamlakat janubidagi harbiy nishonlarga, jumladan, jangchilar shtab-kvartirasi va qurol-yarog‘ omborlariga qarshi qaratilganini ko‘rsatdi.
«(Isroil) harbiy-havo kuchlari Suriya janubini tinchlantirish bo‘yicha biz belgilagan yangi siyosat doirasida Suriya janubiga kuchli zarbalar bermoqda – va bu xabar aniq: biz Suriya janubining Livan janubiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi Isroil mudofaa vaziri Israel Katsning matbuot kotibi.
«Suriya rejimi kuchlari va mamlakatdagi terrorchi tashkilotlarning Suriya janubidagi xavfsizlik zonasida o‘z pozitsiyasini o‘rnatishga bo‘lgan har qanday urinishi olov bilan kutib olinadi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Reuters agentligining mahalliy aholi, xavfsizlik manbalari va mahalliy Suriya telekanaliga tayanib xabar berishicha, 26 fevralga o‘tar kechasi Isroil mamlakat poytaxti Damashqdan 20 km janubda joylashgan Kisve shahriga, shuningdek, Suriya janubidagi Dara viloyatiga hujum qilgan. Mahalliy aholiga tayanib, Reuters axborot agentligining xabar berishicha, shahar ustidan uchayotgan samolyotlar va bir necha portlashlar Damashqning o‘zida ham eshitilgan.
Isroil qo‘shinlarining Suriyaga kiritilishi
Qayd etilishicha, Suriya avvalroq Isroil mudofaa kuchlarining (TSAHAL) mamlakat janubiga kirishini qoralagan va bu qo‘shinlarni olib chiqib ketishni talab qilgan. 2024 yil dekabrida, Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng, Isroil quruqlikdagi kuchlari 1973 yildagi urushdan keyin birinchi marta qurolsizlantirilgan chegara zonasini kesib o‘tib, Suriya hududiga ochiq kirdi.
23 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning mamlakati Asadni ag‘dargan «Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) guruhi va unga aloqador har qanday kuchlarning Suriya janubida bo‘lishiga toqat qilmasligini aytdi va hududni qurolsizlantirishni talab qildi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
-
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi
O‘zbekiston | 19:35
-
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?
O‘zbekiston | 19:26
Mavzuga oid

20:00
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?

18:20
Isroildagi xorijliklar vizasi muddati avtomatik tarzda uzaytirildi

17:13
O‘zbekiston TIV Eron–Isroil mojarosi haqida fikr bildirishda tavsiyalar berdi

15:11