Isroil va Hamas garovga olingan 4 kishining jasadini qaytarishga kelishib oldi
Isroil rasmiysi tomonlar bir vaqtning o‘zida 602 nafar falastinlik mahbusni ozod qilish bilan birga to‘rt nafar garovga olingan shaxsning jasadini topshirishga kelishib olgani haqidagi Hamas xabarini tasdiqladi.

Foto: Reuters
Isroil va Hamas harakati Isroil tomoniga garovga olingan yana to‘rt kishining jasadini topshirish va bir vaqtning o‘zida 602 nafar falastinlik mahbusni ozod qilishga kelishib oldi. Bu haqda 25 fevral, seshanba kuni Hamas guruhi xabar berdi. Shu kuni isroillik ismini oshkor etilmagan amaldor The Times of Israel internet nashri bilan suhbatda ma’lumotni tasdiqladi.
Nashr manbasining ta’kidlashicha, garovga olinganlarning jasadlarini topshirish 26 fevral kuni Misr vositachiligida amalga oshiriladi.
Falastinlik mahbuslarni ozod qilish kechiktirilgan
Avvalroq, 23 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida 22 fevralga belgilangan 600 dan ortiq falastinlik mahbusni ozod qilish, Hamas guruhi isroilliklarni garovga olganlarni topshirish chog‘ida o‘tkazayotgan «tahqirlash marosimlarini» to‘xtatmaguncha kechiktirilishini ma’lum qilgandi.
22 fevral kuni Hamas yana olti nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qildi va o‘z tomonida kelishuvning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi. Isroil shu kuni 602 falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qilishi kerak edi. Kechqurun Hamas ularni ozod qilish kechikayotgani haqida xabar berib, Isroilni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini «qo‘pol ravishda buzganlikda» aybladi.
2 martga qadar davom etadigan birinchi bosqich doirasida jami 25 nafar isroillik ozod etilishi, sakkiz nafarining jasadi topshirilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
-
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
O‘zbekiston | 19:54
-
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
Sport | 19:29
Mavzuga oid

08:23
AQShda isroilliklarni otib o‘ldirgan shaxsga ayblov qo‘yildi

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

10:15 / 22.05.2025