Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada «Yevropaning kokain qiroli» otib ketildi
Narkosavdogar Mark Ebben 2017 yilgacha Sinaloa karteli a’zosi bo‘lgan. Uning jasadi yonidan AQSh Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimining soxta guvohnomasi topilgan.
Meksikada 13 fevral kuni dunyoda eng ko‘p qidirilayotgan narkosavdogarlardan biri — «Yevropaning kokain qiroli» nomi bilan tanilgan Mark Ebben otib ketilgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Bild.
Ebben uzoq yillar davomida Meksikaning Sinaloa karteli bilan hamkorlik qilib kelgan, uning o‘limiga kartel ichidagi kelishmovchilar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
2017 yilda kartel yetakchisi Xoakin «El Chapo» Gusman qo‘lga olinganidan keyin Ebben Gusmanning raqibi — Ismayel «Al Mayo» Zambad tarafiga o‘tib ketgan. Shundan buyon u muntazam xavf ostida qolib kelayotgandi. Ammo uni «do‘stlarning» o‘zi o‘ldirgan bo‘lishi mumkin, chunki Meksika hukumati Ebbenning iziga tushib, hibsga olishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Mark Ebben 13 fevral kuni Mexiko yaqinidagi Atisapan-de-Saragosa hashamatli sportzalidan chiqayotganida otib ketilgan. Qotillik yuz bergan vaqtda u zirhlangan Cadillac’idan bir qadam narida bo‘lgan. Meksika hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar harbiy politsiyadan atigi 14 daqiqa oldin harakat qilgan.
Ebbenning jasadidan AQSh Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi (DEA) xodimining soxta guvohnomasi topilgan. Bu Ebbenning yagona soxta hujjati emas: u Rossiyaga YeI diplomati sifatida sayohat qilgan, Braziliyaga esa Yevropolning maxsus agenti sifatida tashrif buyurgan. U ananas qutilari ichiga yashirilgan 400 kilogramm kokain kontrabandasiga aloqador ekani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Meksika politsiyasi harbiylar bilan birgalikda Sinaloa narkokartelining taxminiy rahbari, narkobaron El Chaponing o‘g‘li Ovidio Gusman-Lopesni hibsga olgandi. Shundan so‘ng, narkokartel a’zolari Kuliakan shahrida tartibsizliklarni uyushtirgan edi.
Mavzuga oid
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026