WSJ: Ilon Mask supermilliarderlar reytingida yetakchiga aylandi
Tesla va Space X kompaniyalari rahbari Ilon Mask 419,4 mlrd dollar bilan dunyoning eng badavlat insoniga aylandi.

Foto: Getty images
AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask supermilliarderlar reytingida peshqadamga aylandi. Bu haqda Altrata reyting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Reytingga 24 nafar milliarder kiritilgan bo‘lib, Mask 2025 yil fevral holatiga ko‘ra, 419,4 milliard dollar bilan dunyoning eng badavlat insoniga aylangan.
Bundan tashqari, reytingdan Amazon asoschisi Jyeff Bezos (263,8 milliard dollar), Fransiyaning hashamatli buyumlar ishlab chiqaruvchisi LVMH egasi Bernar Arno (238,9 milliard dollar), Oracle Corporation dasturiy ta’minoti asoschilaridan biri Larri Ellison (237 milliard dollar) hamda Meta korporatsiyasi rahbari Mark Tsukerberg (220,8 milliard dollar) ham o‘rin olgan.
Reytingning oltinchi pog‘onasi Google asoschilaridan biri hisoblangan Sergey Bringa nasib etdi — uning boyligi 160,5 milliard dollarga baholangan.
WSJ’ning qayd etilishicha, dunyoning eng badavlat 24 insonining jami boyligi 3,3 trillion dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, ularning 16 nafarining boyligi 100 milliard dollardan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida The Guardian amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi dollardagi trillionerga aylanishi mumkinligi haqida yozgandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Maskning boyligi yiliga o‘rtacha 110 foizga o‘smoqda.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:29 / 10.04.2025
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi

18:28 / 10.04.2025
OpenAI Ilon Maskning «doimiy bosimlari» sabab sudga da’vo kiritdi

18:22 / 10.04.2025
Demokrat kongressmenlar Ilon Maskni ishdan olishni talab qildi

22:26 / 09.04.2025