Jamiyat | 08:22 / 26.02.2025
40322
1 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimlari to‘xtatgan mashinadan narkotik modda topildi

25 fevral kuni "Sharq" YPX maskaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimlari tomonidan Onix rusumli transport vositasi to‘xtatildi.

Foto: IIBB YHXB

Joriy yilning 25 fevral kuni "Sharq" YPX maskaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimlari tomonidan Onix rusumli transport vositasi to‘xtatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi bilan suhbat jarayonida avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan shaxs o‘zining harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolislar ishtirokida ushbu shaxs tekshirilganda kiyimlari orasiga yashirib olgan giyohvandlik moddasi aniqlandi va tegishli tartibda Bektemir tumani IIO FMBga olib borib topshirilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida ushbu shaxs kim ekani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Kun.uz manbasi qo‘lga olingan shaxs xonanda Shahriyor ekani haqida xabar bergan, ammo bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmadi.

Mavzuga oid