Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni sud faoliyatini yanada yaxshilash, ochiqlik va raqamlashtirish darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan butunlay voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Buning uchun Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. U sudlarga zarur bo‘lgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar yaratish, sun’iy intellektni joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari bilan sudlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlarni ko‘rib chiqish tezkorligi oshadi.
Davlat rahbari buning uchun sudlar va barcha aloqador tashkilotlarning axborot tizimlari integratsiyasi muhimligini, qulayliklarni odamlar sezishi kerakligini ta’kidladi.

Bu ishlarni kengaytirish, huquq-tartibot idoralari ma’lumotlarini sudlar bilan samarali bog‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
18:14 / 27.06.2026
O‘zbekistonda plastik yo‘llar texnologiyasi joriy etiladi
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:00 / 16.06.2026