Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda Tramp va Zelenskiy uchrashuvi boshlandi
Oval kabinetda o‘tkazilayotgan uchrashuv davomida Zelenskiy Rossiya prezidenti Putinni «qotil va terrorchi» deb atadi.
Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi boshlandi.
Tramp Oq uyga kirish eshigida Zelenskiyni kutib oldi. AQSh va Ukraina yetakchilari jurnalistlar tomon yuzlandi va Tramp ularga mushtini ko‘rsatdi. Ular o‘zlariga berilgan savollarga javob qaytarmadi.
Tramp va Zelenskiy muzokaralar davomida foydali qazilmalar to‘g‘risidagi bitimni imzolashlari kerak. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Oq uydagi jurnalistlarga ushbu hujjat «AQShning katta majburiyatiga» aylanishini aytgan. O‘z navbatida Zelenskiy «mazkur hujjat Ukraina uchun oldinga qadam bo‘lishiga» umid bildirgan.
Associated Press’ning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan murosaga borib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Oval kabinetdagi uchrashuvda Zelenskiy Putinni «qotil hamda terrorchi» deb atagan va Trampga «qotil bilan hech qanday murosa bo‘lmasligini» aytgan.

Zelenskiy Trampga ko‘rsatish uchun o‘zi bilan chop etilgan suratlarni olib kelgan. Unda Rossiya asirligidan qaytgan ukrainalik harbiylar tasvirlangan.
Mavzuga oid
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
09:26 / 05.05.2026