Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun transport xizmati loyihasi ishga tushirilmoqda.
O‘zbekistonda 2025 yilda respublika bo‘ylab nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berishicha, bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining «Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan ushbu xizmatni 2025 yil 1 apreldan Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025 yilning yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.
Loyiha doirasida transport xizmatlari:
- ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari, shu jumladan, ushbu muassasalardagi «G‘amxo‘rlik» guruhlarida;
- umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida;
- reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchi ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan bolalarga ko‘rsatiladi.
Shuningdek, qaror bilan xizmatdan foydalanganlik uchun to‘lov va subsidiya tizimi ham joriy etilmoqda. Xususan:
- har bir yo‘lovchiga bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan oshmaydigan miqdorda;
- Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yo‘lovchilar uchun har bir qatnov to‘lovining 100 foizi;
- Yuqorida ko‘rsatilgan reyestrlarga kiritilmagan oilalardagi yo‘lovchilar uchun har bir qatnov to‘lovining 60 foizi subsidiya shaklida qoplanadi.
Subsidiya shaklidagi to‘lovlar agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi

09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

11:43 / 10.04.2025
Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

22:08 / 26.03.2025