Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
Shuningdek, uchrashuvda Turkistonda yoshlar forumini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

«Madaniy-gumanitar hamkorlikni muhokama qilar ekanmiz, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi teatrning Ostona va Olmaota shaharlariga ijodiy safarlari, Qozog‘iston Milliy muzeyi va Abilxon Kasteev nomidagi Qozog‘iston san’at muzeyida ko‘rgazmalar, shuningdek, Turkistonda yoshlar forumini tashkil etish yuzasidan fikr almashdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlarning yuksak saviyada o‘tkazilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli qardosh xalqlar o‘rtasida qaror topgan do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
Mavzuga oid
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:38 / 10.07.2026