Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi
Bunga Vengriya Ukrainaga 20 mlrd yevrolik yangi harbiy yordam paketi ajratilishini to‘xtatib qo‘ygani sabab bo‘lmoqda.
Foto: Getty images
Yevroparlament deputatlari YeI sammiti oldidan Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish taklifini ilgari surdi. Bu haqda «Volt Yevropa» partiyasi tomonidan tayyorlangan rejaga tayanib, Politico xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu rejada Yevropaning umumiy armiyasini tuzish ham taklif etilgan. Tashabbus 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan YeI uchrashuvida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Volt Yevropa» Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasni «YeIning to‘la huquqli tashqi ishlar vaziri» etib tayinlash hamda tashkilot vakolatlarini mudofaa sohasida ham kengaytirishni taklif qilmoqda.
Mazkur partiya Yevropa birdamligi tarafdori va qit’a manfaatlari alohida davlatlar manfaatlaridan ustun deb hisoblaydi. Yevropa parlamentining yangi chaqirig‘ida partiya beshta mandat olgan, keyin esa «Yashillar» fraksiyasiga qo‘shilgan.
Yevroittifoq sammitiga taklifda Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilgach, Yevropa ushbu mamlakatning xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga tayyorlanishi kerakligini ma’lum qilgan.
Avvalroq YeI yetakchilari Vengriyaning qarshiligi sabab Ukrainaga 20 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketi ustidagi ishlarni to‘xtatib qo‘ygandi. Shu bois ushbu masala sammit kun tartibidan olib tashlangan.
Mavzuga oid
09:42
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
13:33 / 21.01.2026
Strasburgda fermerlar YeIning Merkosur bilan kelishuviga qarshi chiqdi
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
13:00 / 20.01.2026