Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika va Kanada avtomobil ishlab chiqaruvilarini bir oy muddatga bojdan ozod etdi
Ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tariflar 2 apreldan kuchga kiradi. AQSh prezidenti USMCA’ga aloqador kompaniyalar iltimosiga ko‘ra, ularga bir oylik muhlat bergan.
AQSh prezidenti Donald Tramp yetakchi sanoat vakillari bilan muzokaralardan keyin Meksika va Kanada avtomobil ishlab chiqaruvchilariga joriy etilgan bojni bir oyga kechiktirdi, deb xabar beradi Euronews.
«Biz «katta uchlik» avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan gaplashdik. Biz USMCA orqali har qanday avtomobil yetkazib berilishiga joriy etilgan bojni bir oyga kechiktirish niyatidamiz», — deydi Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt.
Uning ta’kidlashicha, o‘zaro tariflar baribir 2 apreldan kuchga kiradi, ammo USMCA’ga aloqador kompaniyalar iltimosiga ko‘ra, prezident ularga bir oylik muhlat bergan.
4 mart kuni AQShning Kanada va Meksika tovarlari importiga 25 foizli bojlari kuchga kirdi. Shuningdek, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 10 foizli boj joriy etildi.
Tramp o‘tgan oyda barcha avtomobillar, farmatsevtika mahsulotlari va yarimo‘tkazgichlar importiga 2 apreldan 25 foizli boj joriy etilishini e’lon qilgandi. Bundan tashqari, u 1 apreldan kuchga kirishi kutilayotgan o‘zaro tariflarni joriy etishga yo‘naltirilgan savdo munosabatlari bo‘yicha tergov o‘tkazishga oid farmonni imzolagan.
AQSh, Meksika va Kanada o‘rtasidagi bitimga ko‘ra (USMCA), ushbu mamlakatlar o‘rtasida savdoni amalga oshirishda nol foizli boj huquqini qo‘lga kiritish uchun avtomobil ehtiyot qismlarining 75 foizi Shimoliy Amerikada ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Levittning so‘zlariga ko‘ra, 5 mart kuni Oq uy vakillari Stellantis, Ford va General Motors kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashgan. Tramp bojlarning joriy etilishi bir oyga kechiktirilishini e’lon qilganidan keyin avtomobil ishlab chiqaruvchilar aksiyalari qimmatlashgan. Xususan, Ford Motor aksiyalari 3,65 foizga, General Motors — 1,76 foizga, Stellantis aksiyalari esa 2,46 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
17:09 / 25.06.2026
«Zelenskiyning ishlari chakki emas. U jasur odam» – Tramp
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
13:28 / 22.06.2026