Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya razvedkasining sobiq boshlig‘i milliarder Bernar Arnoga yordam bergani uchun to‘rt yilga qamaldi
U LVMH holdingi va Bernar Arnoni tanqid qilib kelgan gazeta hamda uning jurnalistini kuzatish bilan shug‘ullangan.
Parij sudi Fransiya Markaziy ichki razvedka boshqarmasining sobiq boshlig‘i Bernar Skuarsiniga hukm chiqardi. U LVMH holdingi va uning rahbari milliarder Bernar Arno manfaatlari uchun davlat mablag‘laridan foydalanganlikda aybdor deb topildi.
Reutersʼning yozishicha, bundan tashqari, Bernar Skuarsini faol, hozirda parlamentariy Fransua Ryuffenni noqonuniy kuzatuvga olganlikda ham aybdor deb topilgan.
Shunday qilib sud sobiq razvedka boshlig‘i LVMH tomonidan holding va shaxsan Arnoni tanqid qilgan Ryuffen hamda Fakir gazetasini kuzatish uchun yollangani haqidagi prokuratura ayblovini tasdiqladi. Kuzatuvga Fakir jurnalistlari tomonidan holdingning Fransiyadagi fabrikalari yopilishi to‘g‘risida «Rahmat, xo‘jayin!» satirik filmiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani sabab bo‘lgan.
Bernar Skuarsini to‘rt yil muddatga qamoq jazosiga hukm etildi va 100 ming yevro jarimaga tortildi. Uning advokati hukmni olqishlab, faqat sudlanuvchilar o‘rindig‘ida Arnoning o‘zi ham yo‘qligidan afsusda ekanini bildirdi.
Bernar Arno dunyodagi eng badavlat insonlardan biri bo‘lib, sud jarayonida guvoh sifatida ishtirok etgan: Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) ta’qibni to‘xtatish evaziga 10 million yevro to‘lab, tergov bilan kelishuvga erishgan. Kelishuvda Arnoning o‘z aybiga iqror bo‘lishi ko‘rsatilmagan.
Mavzuga oid
10:27
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026