Suriyada alaviylar isyon ko‘tardi
Qo‘zg‘olonchilarga Bashar Asad armiyasining sobiq generali boshchilik qilayotgani aytilmoqda.
6 mart kuni Suriya g‘arbidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Bunda alaviylar ishtirok etmoqda — bu o‘ziga xos etno-konfessional guruh hisoblanadi. Ular o‘zlarini shia mazhabining maxsus tarmog‘i tarafdorlari deb hisoblaydi, hokimiyatdagi sunniylar esa ularni hatto bid’atchi ham emas, balki g‘ayridin deb biladi.
Alaviylar Suriya aholisining taxminan 10 foizini tashkil etadi, Lataqiya va Tartusda esa ular ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu strategik jihatdan juda muhim viloyatlardir: mamlakatning faqat shu qismi O‘rta Yer dengiziga tutashgan. Rossiya harbiy bazalari ham shu hududda joylashgan.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad va uning oilasi ham alaviylarga mansub. Ular doimo o‘z rejimi dunyoviy ekanini ta’kidlagan, ammo asosiy lavozimlarga, ayniqsa kuch tuzilmalarida, alaviylarni tayinlashni afzal ko‘rishgan. Rejim o‘zgarganidan so‘ng, alaviylar jamoasi Asadlar sulolasiga sodiq qolishda va sobiq tuzumni tiklashga intilishda gumon qilinmoqda.
Shu bilan birga, alaviylar oxirgi paytlarga qadar druzlar, kurdlar va Suriyadagi boshqa konfessional va etnik jamoalarning lashkarlari kabi uyushgan harbiy kuchlariga ega emasdi. Asadlar davrida bu vazifani amalda rasmiy qurolli kuchlar – Suriya arab armiyasi bajargan. 2024 yil dekabr oyida Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgach, bu armiyaning aksariyati tarqalib ketdi.
Asadlar rejimi qulaganidan keyin Suriyada hokimiyatni qo‘lga olgan sunniylarning «Hay’at tahrir ash-Shom» (Hsh) harakati alaviylarning birlashishiga va yangi harbiy kuchga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib kelmoqda. Bu urinishlar alaviylar istiqomat qiluvchi qishloqlarni «tozalash» va hatto ularni o‘qqa tutishni ham o‘z ichiga oladi.
6 mart kuni yangi hukumatning bunday siyosatiga qarshi noroziliklarning navbatdagi to‘lqini tartibsizliklarga, keyin esa janglarga aylanib ketdi.
Damashqdagi hukumat vakillari ta’kidlashicha, alaviylarning turli shaharlardagi namoyishlari oldindan rejalashtirilgan. Isyonchilar ma’muriy binolarni egallay boshlagan. Damashq, Hama va Halabdan Lataqiya va Tartusga yordam kuchlari yuborilganida, ko‘plab kolonnalar pistirmaga duch kelgan.
Shu kuni internetda «Suriyani ozod qilish harbiy kengashi» tuzilgani va Hsh rejimiga qarshi isyon ko‘tarilgani haqidagi hujjat paydo bo‘ldi. Hujjatni Asad Suriya arab armiyasining 4-zirhli diviziyasi tarkibidagi brigadaga qo‘mondonlik qilgan general G‘iyos ad-Davla imzolagan. Ushbu diviziya qo‘mondoni esa Basharning ukasi va kaptagon giyohvandlik moddasini ishlab chiqaruvchi davlat narkokartelining boshlig‘i Mohir Asad edi.
Mohir Asadning o‘zi akasi bilan Rossiyada ekani aytiladi. Yaqinda Suriya axborot vazirligi u mamlakatga qaytgani haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etgandi.
7 mart kuni tushdan keyin berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Hshning qo‘shimcha kuchlari Lataqiya va Tartusga yetib borgan va Damashq rasmiylari yirik shaharlar ustidan nazoratni tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Isyonchilar tog‘larga chekingan, hududdagi qishloqlarda mahalliy aholi vakillari ustidan ommaviy qatllar boshlanib ketgan.
Qancha odam halok bo‘lgani aniq ma’lum emas. Turli manbalarda o‘nlab yoki yuzlab qurbonlar haqida aytilmoqda.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, o‘nlab odamlar Rossiyaning Hmeymim bazasi oldida to‘plangan — u eng shiddatli janglar kechgan Jabla shahriga yaqin joylashgan. Alaviylar Rossiyani o‘z ittifoqchisi deb biladi, ushbu davlat Asadlar rejimining ittifoqchisi edi va ag‘darilgan diktatorga boshpana bergan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu voqealarga izoh berishdan bosh tortdi.
O‘z navbatida, Suriyada inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi (qarorgohi Londonda) Hmeymim yaqinida isyonchilar bilan uzoq davom etgan jangdan so‘ng xavfsizlik kuchlarining o‘nlab jangchilari Rossiya harbiylari himoyasiga o‘tganini ma’lum qildi.
Alaviylar qo‘zg‘olonini allaqachon Suriyada Asad taxtdan ag‘darilganidan keyingi eng qonli voqea deb atashmoqda. O‘tgan uch oy ichida mamlakatda ko‘plab janglar bo‘lib o‘tdi: yangi rejim janubda druzlar va shimoli-sharqda kurdlar bilan mojaroli holatda. Shu paytgacha to‘qnashuvlar asosan lokal ko‘rinishda bo‘lib, tezda to‘xtagan. Agar yangi hokimiyat alaviylar qo‘zg‘olonini tezda bostira olmasa, bu boshqa jamoalar bilan ziddiyat kuchayishiga olib kelishi mumkin. Ana shunda yangi fuqarolar urushi boshlanib ketishi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

16:59 / 14.03.2025
Suriyaning yangi prezidenti 5 yillik o‘tish davri uchun konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi

14:23 / 13.03.2025
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025